08:50 / 26.05.2016
10663

Xiaomi 380 dollar qiymatidagi Mi Drone modulli dronni namoyish etdi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining birinchi droni — Mi Drone’ni namoyish etdi. Bu qimmat narxda bo‘lmagan iste'mol darajasidagi  kvadrokopterdir. Xiaomi Mi Drone ichida 4K yoki Full HD kamera mavjud bo‘lib, triaxial osish moslamalari smartfonlardan ekran sifatida foydalanish imkonini beradi.  4K talqinidagi dron 460 dollarga baholangan, Full HD narxi esa —bor-yo‘g‘i 380 dollar.

Kamera va propellerni olib qo‘ysa bo‘ladi. Dron almashtirib turiluvchi 5100 mAch sig‘imli akkumulyatorga ega. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday batareya bitta zaryadlanganda  27 daqiqali parvozni ta'minlab beradi. Dronda GPS va GLONASS aniqlash tizimlari ham ishlaydi. Parvozning turli xildagi avtomatik rejimlari ham ko‘rib chiqilgan — parvoz qilish, qo‘nish, bazaga qaytish, oraliq nuqtalar bo‘ylab navigatsiya va atrofda aylanish.

Full HD kamerali modelga 26 maydan ishga tushuvchi  kraudfanding loyihasi homiylik qilmoqda. 4K modeli esa iyul oyi so‘ngida  ochiq beta-dastur orqali sinov uchun tayyor bo‘ladi. 


Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Top