Jahon | 14:28 / 26.05.2016
3267
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDR tomonidan ehtimoliy tahdidlarga qarshi o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Janubiy Koreya respublikasi harbiy dengiz va harbiy havo kuchlari xizmatchilari, mamlakat sharqiy sohillarida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Renxap agentligi. Undan ko‘zlangan maqsad, Shimoliy Koreya tomonidan paydo bo‘ladigan ehtimoliy tahdidlarga qarshi amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdir. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda Janubiy Koreya harbiy dengiz kuchlarining Aegis ("Ijis") raketalarga qarshi mudofaa tizimiga ega kemasidan tashqari yana 10 ta harbiy kema va patrul samolyoti qatnashgan. Mashg‘ulotlar chog‘ida, raqib dengiz kemalariga qarshi hujum qilish amaliyotlari o‘zlashtirilgan. 

Koreya yarimorolidagi vaziyat KXDR tomonidan 6 yanvar kuni to‘rtinchi yadro sinovi, 7 fevralda yangi avlod ballistik raketasi parvozi amalga oshirilgach taranglashgan edi. Rasmiy Seulning fikricha, shimolliklar bu raketa yordamida 12 ming kilometrgacha masofada joylashgan nishonga yadro zarbasi bera oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish