Jahon | 23:31 / 27.05.2016
4621
1 daqiqa o‘qiladi

AFP: O‘rta Yer dengizida muhojirlar ketayotgan qayiq cho‘kishi oqibatida o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi

Liviya qirg‘oqlari yaqinida O‘rta Yer dengizida muhojirlar ketayotgan qayiq cho‘kishi oqibatida o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi. Bu haqda AFP ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, dengizda 350 ga yaqin odam bor. Italiya harbiy-dengiz kuchlari esa o‘z navbatida agentlikka 130 kishi qutqarib qolinganini ma'lum qildi.    

26 may kuni O‘rta Yer dengizini kesib o‘tishga urinishda 30 dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketgandi. 25 mayda esa Sitsiliya bo‘g‘ozida muhojirlar ketayotgan qayiq cho‘kishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi, 562 kishi qutqarib qolingandi.

Xalqaro migratsiya tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yil boshidan Yevropa davlatlariga O‘rta Yer dengizi orqali 191 mingdan ko‘proq muhojir va qochqinlar kelgan.