Jamiyat | 10:40 / 27.05.2016
6328
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik Antli Steyten Facebook foydalanuvchilarini jadval rasmi bilan o‘ylantirib qo‘ydi

Facebook foydalanuvchilari Amerikaning Janubiy Karolina shtatida yashovchi Antli Steyten tomonidan berilgan masalaning yechimini zo‘rg‘a topishdi. U o‘zining shaxsiy profilida topishmoqli post nashr etdi.

Antli qo‘lida ikkita kartochka ushlab tushgan suratini qo‘ydi. Birinchisida u masala shartini yozdi: "Xato topganingda bu post bilan o‘rtoqlash". Ikkinchisida esa to‘qqizta raqam yozilgan jadval chizilgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, topishmoq javobini raqamli jadvaldan emas, qog‘ozda yozilgan matndan izlash kerak bo‘lgan. Steyten "xato" so‘zini atayin noto‘g‘ri yozgan - mistake o‘rniga mitsake.

18 mayda qoldirilgan post bilan bir hafta ichida deyarli 400 kishi ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlari bilan o‘rtoqlashgan. Bundan tashqari mazkur post 60 mingta "like" to‘plagan. Aksariyat foydalanuvchilar topishmoqning yechimini topish uchun ancha vaqt kerak sarflashganiga iqror bo‘lishdi. Xato dastlab jadvaldan qidirilgan, ba'zilar suratdan xato topishga urinib ko‘rishgan - Antlining kiyimlari va suratdagi ikir-chikirlarni yaxshilab ko‘zdan kechirishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish