Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Takata xavfsizlik yostiqchalaridagi nosozlik tufayli 7 mln dona avtomobil chaqirib olinadi
Yapon avtomobil kompaniyalari Takata firmasining xavfsizlik yostiqchilaridagi nosozlik tufayli mamlakatdagi 7 mln avtoulovni chaqirib oladi. Bu haqda 27 may kuni Yaponiya yer, infratuzilma va transport vazirligi xabar qilgan.
Aynan qaysi avtokorxonalar va qaysi modellar chaqirib qolinishi mumkinligiga oydinlik kiritilmagan. Yapon transport vazirligining bayonot berishicha, mamlakatda xavfsizlik yostiqchalari muammosi bor avtoulovlar soni 19,6 mln donaga yetgan.
Yaponiyaning Takata kompaniyasi 2014 yildan buyon janjallar markazida. AQSh hukumatining aniqlashicha, avtohalokat paytida kompaniya tomonidan tayyorlangan xavfsizlik yostiqchalari to‘g‘ri ochilmaydi. Ular hatto haydovchiga qarata mayda metall parchalari ham “otishi” mumkin ekan. Aynan shu sabab 11 kishi halok bo‘lgan, ularning 10 nafari AQSh fuqarolaridir.