Jamiyat | 19:18 / 27.05.2016
21627
1 daqiqa o‘qiladi

Asal Shodiyevaning Instagram’dagi sahifasi o‘ziga qaytarildi

Joriy haftada aktrisa Asal Shodiyevaning Instagram’dagi sahifasining xakerlar qo‘liga tushib qolgani voqeasi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarni keltirib chiqardi.

Shohruxxonning prodyuseri Izzatilla Namozovich esa bir oz avval kun.uz tahririyatiga qo‘ng‘iroq qilgan holda, aktrisa Asal Shodiyevaning akkaunti Malika savdo markazida faoliyat yuritib kelayotgan maxsus mutaxassis – Shahzod Akromovich tomonidan tiklanib, “soxta egasi” qo‘lidan qaytarib olib qo‘yilgani, shu uch to‘rt kun ichida “Asal Shodiyeva” tomonidan san'atkorlarga yuborilgan turli tahdid va shunga o‘xshash yo‘llangan xatlar uning haqiqiy egasi tomonidan yo‘llanmaganini ma'lum qildi.

Ayni damda Asal Shodiyevaning Instagram’dagi sahifasi o‘z egasining qo‘lida. Shunday ekan, aktrisaning hamkasblari va muxlislari xavotirlanishiga endi asos yo‘q.