Sport | 18:24 / 27.05.2016
3291
1 daqiqa o‘qiladi
«Barselona» Buskets bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
«Barselona» yarim himoyachisi Serji Buskets jamoa bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
27 yoshli futbolchi yangi shartnomaga ko‘ra 2021 yilning 30 iyuniga qadar Kataloniyada faoliyat olib boradi. Shuningdek, tomonlar hamkorlikni yana ikki yilga uzaytirishlari mumkin.
Shartnomada Busketsning tovon puli 200 million yevro etib belgilanadi.
Yaqin vaqt ichida tomonlar yangi shartnomani rasman imzolashi kutilmoqda.