Jahon | 11:44 / 27.05.2016
4014
1 daqiqa o‘qiladi

Elbrusda halok bo‘lgan britaniyalikning jasadi topildi

Kabardin-Bolqoriya hududidagi Elburs tog‘ida qutqaruvchilar cho‘qqidan tushayotib halok bo‘lgan alpinistning jasadini topishdi, deb xabar berdi "Interfaks". 

"Dengiz sathidan 5300 metr balandlikda 1966 yilda tavallud topgan ingliz jonsiz holda topildi", - deya ma'lum qilishdi FVVda. 

Qutqaruvchilar jasadni Elburs etagidagi Terskol qishlog‘iga yetkazishadi, alpinist jasadi u yerda huquqni himoya qilish organlari vakillariga topshiriladi.

TASSning aniqlashicha, britaniyalik asosan xorijliklardan tashkil topgan 10 kishilik guruh tarkibida bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish