Sport | 16:10 / 27.05.2016
3776
1 daqiqa o‘qiladi

ESPN: Povetkinning meldoniy bo‘yicha B doping-tekshiruvi ijobiy natija berdi

Rossiyalik boksyor Aleksandr Povetkinning taqiqlangan meldoniy iste'moli bo‘yicha B doping-tekshiruvi ijoyuiy natija berdi, deb yozmoqda ESPN.

Povetkin 21 may kuni Moskvada WBC yo‘nalishi bo‘yicha superog‘ir vaznida AQShlik bokschi Deontey Uaylder bilan ringga ko‘tarilishi zarur edi. Ammo uchrashuv doping-tekshiruvlar sabab keyinga qoldirilgandi.

Meldoniy butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab, taqiqlangan moddalar qatoriga kiritildi.