Jahon | 21:27 / 27.05.2016
4304
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni 2017 yilning 1 iyunigacha uzaytirdi. Bu haqda RIA "Novosti" agentligi YeI Kengashi hujjatiga asoslangan holda xabar bergan.

"2016 yilning 27 mayida Kengash Yevropa Ittifoqining Suriyadagi mavjud tuzumga qarshi cheklov choralari 2017 yilning 1 iyuniga qadar uzaytirildi. Bu qaror 2014 yilning dekabrida Kengash tomonidan qilingan xulosa asosida qo‘llangan sanksiya haqidagi qaror doirasida qabul qilindi", deyilgan xabarda.

Agentlik manbasi ma'lumotiga ko‘ra, YeI Kengash iqtisodiy sanksiyalar bilan birga alohida shaxslarga qo‘llangan sanksiyalar muddatini ham uzaytirgan.