Fan-texnika | 08:19 / 27.05.2016
3687
1 daqiqa o‘qiladi

Google patent huquqi buzilgani bo‘yicha Oracle kompaniyasiga qarshi sudda yutib chiqdi

Amerika sudi Google kompaniyasining Oracle tomonidan ishlab chiqilgan Java dasturidan patent huquqlarini buzgan holda foydalangani bo‘yicha bahsda yengib chiqqanini ma'lum qildi.

Sud Google bu dasturdan mualliflik huquqlarini buzmagan holda foydalanganini e'tirof etgan.

Ikki yirik kompaniya o‘rtasidagi tortishuv 2010 yildan beri davom etib kelayotgandi: Oracle Google’ni Android’da Java’dan foydalangani uchun mablag‘ to‘lamaganlikda ayblagan va 9 milliard dollarga yaqin tovon puli talab qilgandi.