O‘zbekiston | 11:01 / 27.05.2016
8083
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov Ilhom Aliyevni Respublika kuni munosabati bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Ozarbayjon respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevni Respublika kuni munosabati bilan tabriklagan. Bu haqda Ozarbayjon rahbarining matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Hurmatli Ilhom Haydarovich. Ozarbayjon milliy bayrami - Respublika kuni munosabati bilan samimiy tabrigimni va iliq tilaklarimni qabul qiling", deyiladi tabrik maktubida.

"O‘zbekistonda sizning rahbarligingizda olib borilayotgan siyosat va islohotlar diqqat bilan kuzatib boriladi. Bu islohotlar Ozarbayjonning xalqaro maydondagi nufuzi mustahkamlanishda davom etishini ta'minlaydi", deya qayd etilgan tabriknomada.

Islom Karimov O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ikki tomonlama ishonch va hurmat asosiga qurilganini ta'kidlagan va ikki mamlakat ham o‘zaro aloqalarning rivojlanishidan birdek manfaatdorligiga urg‘u qaratgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish