Jahon | 12:14 / 27.05.2016
4475
1 daqiqa o‘qiladi

Kemeron: G7 vakillari iyun oyida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning uzaytirilishi haqida kelishib olishdi

"Katta yettilik" davlatlari yetakchilari iyun oyida Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning uzaytirilishi zarurati haqida kelishib olishdi, deya ma'lum qildi Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron yig‘ilish natijalari bo‘yicha matbuot konferensiyasida.

"G7 malakatlari iyun oyida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning uzaytirilishi haqida kelishib olishdi", - dedi bosh vazir.

Shuningdek G7 yetakchilari Rossiya bilan muloqot olib borishda davom etishning zarurligini tan olishdi.