Jamiyat | 16:46 / 27.05.2016
7823
1 daqiqa o‘qiladi

“Koson yog‘-ekstraksiya” AJning yorliqlari bilan mahsulot chiqargan soxta tadbirkor qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro V.Boboyev qo‘lbola usulda 1,2,5 litrlik yelim idishlarga joylangan, iste'molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini “Koson yog‘-ekstraksiya” AJning yorliqlari bilan qadoqlab, iste'molchilar ko‘zini shamg‘alat qilmoqchi bo‘ladi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

SVOJJDLQK departamentining Yakkabog‘ tuman bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda V.Boboyevning yashash joyi ko‘zdan kechiriladi. Uning uyidan har xil turdagi yelim idishlarga qo‘lbola usulda qadoqlangan 434 litr va qadoqlashga tayyor 150 litr paxta yog‘i, 1142 dona bo‘sh yelim idish, jami 3 million 281 ming so‘mlik mahsulotlar xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olib qo‘yildi.

Jinoyatchiga nisbatan sudning hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish