Jahon | 15:07 / 27.05.2016
10889
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Hiroshima bombardimonidan omon qolganlar bilan uchrashdi
AQSh prezidenti Barak Obama Yaponiyaning Hiroshima shahriga keldi. U avvaliga shahar yaqinidagi Ivakunida joylashgan AQSh harbiy-dengiz piyodalari aviabazasiga borgan.
Shundan so‘ng, prezident Hiroshimaga borib, u yerda 1945 yilgi bombardimondan omon qolgan yaponiyaliklar bilan uchrashdi.
U shuningdek, shahardagi atom bombardimoni qurbonlari xotirasi uchun barpo qilingan yodgorlikka kelib gul qo‘ygan.
Barak Obama AQSh tomonidan 1945 yili Hiroshima shahriga atom bombasi tashlanishidan keyin bu shaharga tashrif buyurgan ilk amerikalik prezidentga aylandi.