Jahon | 10:54 / 27.05.2016
5446
1 daqiqa o‘qiladi
Obama kongressni kosmosda raqiblarni to‘xtatish zarurati haqida xabardor qildi
AQSh prezidenti Barak Obama kongress vakillariga kosmik kenglikda muxoliflarni to‘xtatuvchi ma'ruza yo‘lladi. Bu haqida Oq uyning Obama nomidan tuzilgan saytidagi xabardan ma'lum bo‘ldi.
Xabarda qayd qilinishicha, ma'ruzada "kosmosda raqiblarni to‘xtatishga yo‘naltirilgan siyosat" haqida so‘z yuritilgan.
Taxminlarga ko‘ra, ma'ruza "AQSh va ularning ittifoqdoshlari uchun kosmosdagi xavfni kamaytirish", shuningdek "yer shari atrofidagi kenglikni hamda undagi harakatlar erkinligini himoya qilish va saqlab qolish" uchun zarur. Qolgan tafsilotlarga aniqlik kiritilmadi.
Shuningdek, TASS axborot agentligining Oq uydagi ma'ruza nusxasini taqdim etish so‘roviga "ma'ruza mazmuni sir tutiladi" deya javob berilganligi ta'kidlandi.