Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Photoshop yetishmaydigan detalni o‘zi mustaqil qo‘shadigan bo‘ldi
Adobe Photoshop fotomuharririning yangi versiyasida aylantirish natijasida yo‘qolgan ayrim detallar va kadrli tasvirlar mustaqil ravishda qayta tiklanadigan bo‘ldi. Bu haqda kompaniya tvitterida ma'lum qilingan.
Aylantirish natijasida paydo bo‘lgan bo‘sh joylar kadrlash yordamida yo‘q qilinardi. Shu bois original kadrdagi ayrim detallar yo‘qolib qolardi. Kompaniya ushbu muammoni hal etish yo‘lini topdi.
Photoshop’ning yangi versiyasi mavjud tasvir asosida ishlaydi. Dastur mustaqil ravishda harakatlanishi uchun Crop qurilmalaridagi Content-Aware funksiyasini ishga tushirish zarur bo‘ladi. Bu muharrirga suratni mustaqil ravishda ko‘rsatilgan hajmda chizish imkonini beradi.