Jahon | 17:07 / 27.05.2016
6539
1 daqiqa o‘qiladi

Rogozin: Koinot sohasida AQShni hech kim quvib yetolmaydi

Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozin bugungi kunda Rossiyaning koinot sohasida AQShdan to‘qqiz barobar ortda qolayotganini ma'lum qildi. Bu haqida "Interfaks" agentligi xabar berdi

"Bugungi kunda koinot sohasida biz amerikaliklardan to‘qqiz barobar ortda qolmoqdamiz. Bizning barcha yirik loyihalarimiz ishlab chiqarish samaradorligini 1,5 barobar ko‘tarishimiz kerakligidan dalolat bermoqda. Aytaylik, bir yarim barobar oshirdik ham, lekin baribir hech qachon ularga yeta olmaymiz",- dedi u Rossiya Savdo-sanoat vazirligining kollegiyasida. 

U agar Rossiya sanoati yuqori unumdorlikka intilmasa va byurokratiyaga qarshi kurashmasa, Rossiyadagilar NASA va Ilon Maskka qarab o‘tirishda davom etishini ta'kidlab o‘tdi.