Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Telegraph: Mourino «MYu» bilan 3 yillik shartnoma tuzdi va yiliga 12 mln funtdan maosh oladi
«Manchester Yunayted» va jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rtasidagi shartnomaning moliyaviy jihatlari ma'lum qilindi.
The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolangan. Unga yiliga 12 million funtlik maosh tayinlangan.
Mourinoning «MYu»ga bosh murabbiy sifatida tayinlangani haqida yaqin soatlar ichida e'lon qilinishi kutilmoqda.
Bundan oldinroq manchesterliklar rahbariyati Joze Mourino «Chelsi»dan ketgach, yarim yil davomida boshqa klublarning taklifini qabul qilmasligi uchun unga 4 million funt sterlingni oldindan to‘lagani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, unga yozgi transferlar vaqtida jamoani kuchaytirish uchun 150 mln funt ajratilishi aytilgan.