Sport | 20:23 / 27.05.2016
4423
1 daqiqa o‘qiladi

«Tom» o‘tish o‘yinida «Kuban»ni yengib, RFPLga qaytdi

27 may kuni «Tom» jamoasi RFPLning 2016-17 yilgi mavsumi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lidagi o‘tish o‘yinlari doirasida «Kuban»ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazdi.

Tomsk shahrida o‘tkazilgan o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yinning 57 va 72-daqiqalarida Yevgeniy Bashkirov hamda Valeriy Chuperka aniq harakat qilib, jamoaga g‘alaba keltirdi. Jamoalarning Krasnodarda o‘tkazilgan birinchi o‘yinida «Kuban» 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

«Tom» futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining quyi ligasida yakunlangan mavsumda 3-o‘rinni egallagandi. Jamoa oxirgi marta 2013-14 yilgi mavsumda yuqori ligada ishtirok etgandi. 2011 yildan buyon RFPLni tark etmay kelayotgan «Kuban» esa o‘tgan mavsumda 14-o‘rinni egalladi.