Jamiyat | 12:40 / 27.05.2016
6972
1 daqiqa o‘qiladi
“Toshkent elektr tarmoqlari” OAJning rahbarlaridan biri jinoyatga qo‘l urganligi fosh etildi
Ilhom Ilyosov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2014 yilning fevral oyidan 2015 yilning may oyigacha “Toshkent elektr tarmoqlari” OAJning Zafar elektr ta'minoti korxonasida rahbar lavozimida ishlab kelib, sohaga oid qonun me'yorlarini buzib kelganligi aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
I.Ilyosov korxona hisobchisi Abdulla Sobirov bilan oldindan jinoiy til biriktirib, hududdagi 51 ta fermer xo‘aliklarining aslida sarflangan 31 mlrd. 607 mln. 100 ming so‘mlik elektr energiyasiga qonunga zid ravishda penya hisoblashdi va mazkur fermer xo‘jaliklaridan 660 mln. 800 ming so‘m ortiqcha mablag‘ undirib olib, davlat byudjyetiga zarar yetkazdilar.
Sud tomonidan noqonuniy ishga qo‘l urgan bu kimsalarning qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.