Jamiyat | 18:21 / 27.05.2016
10663
2 daqiqa o‘qiladi

Uch egizakdan biri ko‘zida xavfli ko‘z saratoni aniqlandi

Amerikalik egizaklar Tomas, Lyuk va Meyson dunyoga kelib, bolakaylar ota-onasi Lesli va Richard uchun haqiqiy mo‘'jiza va g‘ururga aylandi. 

Ularning ko‘rinishi bir xil bo‘lib, bu milliondan bir marotaba uchraydigan hodisa hisoblanadi.

Ammo otasi egizaklardan biri bo‘lmish Meysonning chap ko‘zida sariq rangda porlovchi, durga o‘xshash dog‘ni payqab qoldi. Bolani shifoxonaga olib borgan Richard uning ko‘zida saratonning noyob shakli aniqlangani haqidagi yoqimsiz xabarni eshitdi. 

Achinarlisi, ushbu kasallik alomatlari qolgan ikki egizaklarda ham kuzatilish kutilmoqda. 

Ayni damda bolakaylarning ota-onasi cheksiz lazer nurlari, kimyoterapiya va mo‘'jizadan umid qilib, bolakayning tuzalib ketishi uchun ibodat qilishmoqda. 

Ayni damda bolakaylar, 2,5 yoshda bo‘lib, har biri bir ko‘zi bilan dunyoni ko‘ra oladi xolos. Ammo ular ushbu holatda yashashga ancha ko‘nikib qolishgan.