Jamiyat | 08:37 / 27.05.2016
3896
1 daqiqa o‘qiladi
Huquq faollari Obamaning tashrifi vaqtida Vetnamda Facebook bloklab qo‘yilgani haqida xabar berishdi
Vetnam hukumati bir necha kun davomida Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni to‘sib qo‘ygan. Reyter agentligini mahalliy muxolifatga asoslanib xabar berishicha, bu Obamaning tashrifi kunlarida sodir bo‘lgan.
Access Now va Viet Tan tashkilotlari vakillari ma'lum qilishicha, 22-25 may kunlari davomida Vetnam hududida ijtimoiy tarmoqqa ulanishning umuman imkoni bo‘lmagan.
Huquq faollarining xabariga ko‘ra, hukumat bunday yo‘l tutishidan maqsad, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Obamaning mamlakatga tashrifiga qarshi e'tirozlar bildirishining oldini olish bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bundan oldin Xitoy, Turkiya va Uganda kabi davlatlarda siyosiy voqealar arafasida shunday yo‘l tutilgani kuzatilgandi.