Jahon | 10:29 / 27.05.2016
5971
1 daqiqa o‘qiladi

Yunon arxeologlari Aristotelning qabrini topishganini ma'lum qilishdi

Yunon arxeologi Kostas Sismanidisning ta'kidlashicha, Stagire qishlog‘ida olib borilgan 20 yillik izlanishlardan so‘ng, Qadimgi Yunon donishmandlaridan Aristotelning qabri topilgan. Bu haqda ERT telekanali ma'lum qilgan.

Joy 1996 yilda topilgan, ammo bu yerda buyuk faylasuf, Iskandar Zulqarnaynning ustozi dafn etilgan, degan taxminlar bor edi xolos.

 «Aristotel — 2400 yil» anjumanida arxeologlardan biri Salonikax Sismanidisning ma'lum qilishicha, bu qabr Aristotelniki ekanligini tasdiqlovchi yangi ma'lumotlar va dalillar mavjud.

Arxeologning so‘zlariga ko‘ra, qabr faylasufning ona qishlog‘i yaqinidan topilgan.