Zararli viruslarni aniqlash va yo‘q qilishga javob beruvchi T-hujayralar ishiga xalaqit beruvchi oqsil topildi
AQShning Sanford-Bernem tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari immun reaksiyalarning yangi regulyatorini aniqlashdi. Ilmiy ish davomida olingan natijalar T-hujayralar nima uchun ba'zida organizmni surunkali infeksiyalardan xalos eta olish va o‘simta hujayralarini yo‘q qila olishga qodir emasligini aniqlashga yordam beradi. Tadqiqot Immunity jurnalining oxirgi sonida chop etildi.
O‘tkazilgan ish haqida immunologiya professori Linda Bredli gapirib berdi: "Biz T-hujayra yuzasidagi R-selektin glikoprotein liganda-1 (PSGL-1) oqsili regulyatorlarga qarshilik ko‘rsatishini aniqladik. Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar ko‘rsatilgan oqsil zararlangan organizmning holatini yanada yomonlashtirishini ko‘rsatdi: u hujayralar singali darajasini zaiflashtiradi va T-hujayralar oriqlashiga olib keladi".
Bredli boshchiligidagi ilmiy laboratoriya xodimlari PSGL-1’ning to‘silishi zararli viruslar va bakteriyalarni aniqlash va yo‘q qilishga javob beruvchi T-hujayralarga uzoqroq faol bo‘lib qolishga imkon berishini aniqlashdi. Olimlar melanomadan aziyat chekuvchi sichqonlar tanasidan PSGL-1 oqsilini chiqarishdi. O‘tkazilgan sa'y-harakatlardan keyin o‘simtalar o‘sishi kamaygani aniqlandi. Aksincha, oqsilning yuqori faolligi revmatoid artrit, psoriaz, skleroz va volchanka (teri silining bir turi) kabi autoimmun kasalliklarni davolashda qo‘llanishi mumkin. Olimlarning ma'lum qilishicha, ba'zi farmatsevtik kompaniyalar ularning ishi bilan qiziqib qolishgan.
Immunologlarning fikricha, PSGL-1 ishini sekinlashtiruvchi moddalarni yomon sifatli o‘simtalarga qarshi kurashishning vositalaridan biri deb hisoblash mumkin.