14:42 / 28.05.2016
4808

Aliyev: Ozarbayjonning harbiy qudrati tobora ortib bormoqda

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Respublika kuni munosabati bilan o‘tkazgan rasmiy qabulida bayonot berishicha, Ozarbayjon o‘z harbiy salohiyatini kuchaytirmoqda, deb xabar qilgan 1news.az agentligi. 

«Albatta, biz kelajakda ham, harbiy qudratimizni kuchaytiramiz. Mana bir necha yildirki, armiyani barpo etish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Armiyamiz jangavor tayyorgarligi, material-texnik ta'minoti yuqori darajada», — degan Ilhom Aliyev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjonga eng zamonaviy qurol-aslahalar olib kirilishi barobarida, mamlakatning o‘zida ham qurol-yarog‘ va texnikalar ishlab chiqilmoqda. 

Ozarbayjon yetakchisining ma'lum qilishicha, mamlakatda mingdan ortiq harbiy maqsadga xizmat qiluvchi mahsulot ishlab chiqilmoqda. 

Davlat rahbarining qayd etishicha, mamlakat armiyasi jahonning yetakchi armiyalaridan biri hisoblanadi.

Top