Jahon | 09:48 / 28.05.2016
6150
2 daqiqa o‘qiladi

Xotirasini yo‘qotgan qirg‘izistonlik 12 yildan so‘ng o‘z oilasi bilan uchrashdi

Xotirasini yo‘qotgan Qirg‘iziston fuqarosi Asan Arikbayev oradan 12 yil o‘tgach, o‘z xotirasini tikladi va diplomatlar hamda qozoq televideniyesi ko‘magida oilasi bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

"26 may kuni “Qozog‘iston” telekompaniyasi studiyasida bundan 12 yil muqaddam o‘z xotirasini yo‘qotgan va bedarak ketgan Asan Arikboyev Olma-otadagi Qirg‘iziston Respublikasi bosh konsulligi va Qirg‘iziston TIV vakillari ko‘magida o‘z qarindoshlari bilan uchrashdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Markaziy Osiyoda yashovchi fuqarolar xotirasini yo‘qotgan erkakka ijtimoiy tarmoqlar orqali oilasini topishga ko‘maklashishgan. Qidiruv ishlariga jurnalistlar jalb qilingan.


"Aytuga onay" teleko‘rsatuvining jurnalistik tekshiruvlar natijasida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan bir necha oila ko‘mak bergan. Uning qarindoshlarini aniqlash maqsadida DNK-tahlillari o‘tkazilgan. Tahlillar uning onasi Qirg‘iziston fuqarosi ekanligini ko‘rsatgan.