Qirg‘izistonda yana sellar yuz berdi
28 may kuni Qirg‘izistonda qayta boshlangan kuchli yomg‘irlar oqibatida Qadamjo tumanida yana sellar yuz berdi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston FVV.
27 may kuni Qadamjo tumanida kuchli yog‘ingarchilikdan keyin sel oqqan. Loy-tosh aralashmasidan iborat oqim O‘sh-Aydarken avtomobil yo‘lidagi o‘nlab mashinalarni yuvib ketgan. Mashinalardan birida bo‘lgan 5 kishi – ikki erkak, ikki ayol va bola halok bo‘lgan. Oqim bilan olib ketilgan 6 yoshli bola qutqarib qolingan. Qutqaruvchilar 27 may kechki payt sel oqishi oqibatida yo‘qolib qolgan 3 yoshli bolani qidirishmoqda.
"Qadamjo tumanida do‘l bilan kuchli yomg‘ir yoqqan. O‘sh-Aydarken avtomobil yo‘lining 125-132 km larida sel oqqan. Avtomobillarga yo‘l orqali qatnov yopilgan", deb xabar bermoqda FVV.
Ma'lum qilinishicha, yangi sel ko‘prikni yuvib ketgan, elektr ta'minot ustunlarini ag‘dargan. Qadamjo shahrida bir necha ko‘cha toshqin ostida qolgan.
Oxirgi 1,5 oy ichida baland tog‘li Qirg‘izistonda 50 dan ko‘proq favqulodda vaziyat yuz bergan, ulardan ko‘pi kuchli yomg‘irlar sababli yuzaga kelgan sel oqimi va ko‘chkilar bilan bog‘liq bo‘lgan.