Jahon | 15:02 / 28.05.2016
6982
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva va voronejliklar Ravon R2 xetchbekining ilk xaridori bo‘lishadi

Rossiyaga byudjyet sinfidagi Ravon R2 xetchbekining ilk partiyasi yuborilgani xususida xabar qilingan edi. "Ravon" savdo belgisining Rossiyadagi vakolatxonasi xabar qilishicha, "Ravon R2" mashinalari ortilgan avtokarvonlar may oyida Rossiya hududiga kirib kelgan. 

Ayni vaqtda, «Ravon Russia» ma'lumotlariga ko‘ra, avtovozlar Voronejdagi cho‘zilib ketgan bojxona rasmiylashtiruvi tugashini kutib turmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avtovozlarda yetkazib berishga ko‘proq vaqt sarflansada, temir yo‘llar narxining qimmatlashuvi tufayli, shunday choraga qo‘l urilgan edi. 

O‘zbekistondan keltiriluvchi Ravon R2 ning ilk partiyasi buyurtma bo‘yicha sotib bo‘lingani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Moskva hamda voronejlik mijozlar o‘z «Ravon R2»larini birinchilardan bo‘lib qabul qilishadi. Ular avtomobil uchun 100 foizlik oldindan to‘lovni amalga oshirishgan. 

Bugungi kunda, Rossiyada «Ravon» brendining 19 ta dilerlik markazi faoliyat yuritadi. Yaqin orada kompaniya avtomarkazlari sonini 30 tagacha yetkazishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish