Sport | 16:45 / 28.05.2016
5963
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston – Ekvatorial Gvineya o‘yini chiptalari sotuvga chiqarildi

O‘zbekiston hamda Ekvatorial Gvineya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv 2 iyun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Chiptalar narhi barcha kategoriyalar uchun 15 ming so‘m, SIP kategoriya uchun esa 30 ming so‘m qilib belgilangan.

Ma'lumot uchun, mazkur o‘yindan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 4 iyun kuni Avstriyaga jo‘nab ketadi va u yerda 7 iyun kuni Kanada milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Manba: www.the-uff.com