Jahon | 16:42 / 28.05.2016
4383
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Atlantikaning Antarktida yaqinlarida 7,3 ballik zilzila ro‘y berdi

28 may kuni Atlantika okeanining janubiy Sandvich orollari (Britaniya muzlik yerlari) hududida 7,3 ballik yer silkinishi qayd etildi, deb xabar qilmoqda AQSh geologiya xizmati. 

Yerosti silkinishlari episentri, Baland orolidan 50 km shimoli-sharqda, 93,2 km chuqurlikda joylashgan bo‘lgan. 

Tsunami paydo bo‘lish xavfi xususida shoshilinch xabar mavjud emasligi aytilmoqda.