Jahon | 08:28 / 29.05.2016
6260
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning sharqiy sohiliga "Bonni" tropik shtormi yaqinlashmoqda

AQShning sharqiy sohiliga bo‘ron darajasigacha kuchaygan, Atlantika okeanidagi tropik siklon yaqinlashmoqda.

AQShning to‘fon, shtormlarni kuzatish milliy markazining ma'lum qilishicha, joriy yildagi birinchi shtorm "Bonni" deb nom oldi va u Janubiy Karolina shtatiga kuchli yomg‘irlar bilan xavf solmoqda.

Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, shtorm AQSh hududiga 29 may o‘rtalariga yetib keladi. Shamol tezligi 56,3 km/soatni, shtorm fronti esa Charlston shahridan janubi-sharqqa tomon 241,4 km uzoqlikda joylashgan.