Jahon | 23:55 / 29.05.2016
5610
1 daqiqa o‘qiladi
BMT O‘rta Yer dengizida o‘tgan hafta ichida 700 dan ko‘proq muhojir halok bo‘lganini ta'kidlamoqda
O‘rta Yer dengizida o‘tgan haftada bir nechta kema falokatga uchrashi oqibatida 700 dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin, deb BMT ma'lumotlariga ko‘ra iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Sky News nashri.
Ta'kidlanishicha, 26 may kuni kema falokatga uchrashi oqibatida 500 ga yaqin kishi cho‘kkan bo‘lishi mumkin.
"Biz ularning aniq sonini, ularning ismini hech qachon bilmaymiz, biroq tirik qolganlar 500 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildilar", deb aytdi Italiyaning qochqinlar ishlari agentligi raisi Karlotta Sami.