Jahon | 12:32 / 29.05.2016
7569
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda Disneylendga raqobat qiluvchi majmua ochildi
Xitoylik milliarderlardan biri mamlakat janubi-sharqidagi Tszyansi viloyatining Nanchan shahrida ulkan ko‘ngilochar majmua ochdi.
"Vanda-siti" deb nomlangan bu majmuada attraksionlar, savdo markazlari va ulkan akvariumlar joylashgan.
Uning qurilishi uchun saxovatpesha Van Tszyanlin o‘z kompaniyasi hisobidan 3 mlrd dollar sarflagan. U butun mamlakat bo‘ylab yana 15ta shunday majmua barpo etish niyatida ekanini bildirgan.
Bundan oldinroq ushbu milliarder "Mikki Maus va Donald Dak erasi yakunlangani" haqida gapirib, xitoylik tadbirkorlarni mahalliy madaniyat asosida ilhomlanib, ish qilishga chaqirgandi.
Bu amerikaliklarning Disney kompaniyasi Shanxay shahrida o‘z attraksionini qurishga tayyorlanayotgani haqidagi xabardan keyin yuz berdi.