Texnologiya | 09:30 / 29.05.2016
4660
1 daqiqa o‘qiladi

XKSda 4 metrlik dam berib shishiriladigan modul yoyildi

Xalqaro koinot stansiyasi ekipaji dam berib shishiriladigan BEAM modulini to‘liq yoydi, deb xabar bermoqda NASA. Keyingi hafta ichida model mustahkamlik va teshiklar yo‘qligiga tekshiriladi.

Modul XKSga 10 aprelda yetkazilgandi. U elastik materialdan tayyorlangan ichi bo‘sh, dam berib shishiriladigan kameradan iborat. Model shishirilganda uning hajmi 5 marotaba kattalashadi.

Keyingi ikki yil ichida bu kamera ekipajni ishonchli himoyalay olishi bo‘yicha sinovlar o‘tkaziladi. Agar tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, kelajakda bunday kameralarni sayyoralararo sayohatlarda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Modul diametri yoyilgandan keyin 3 metrni, uzunligi 4 metrni, ichi esa 16 kub metrni tashkil qiladi. Sinovlar yakunlangach, model XKSdan ajratiladi, orbitadan chiqib, Yerning zich qatlamlarida yonib ketadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish