Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada rassom Bekon suratlarining o‘g‘rilanishiga aloqadorlikda gumon qilinganlar ushlandi
Britaniyalik rassom-ekspressionist Frensis Bekonning 27,8 mln dollarlik suratlari o‘g‘rilanishida gumon qilinib 7 kishi ushlandi, deb xabar bermoqda ispan politsiyasi.
Surat egalari Madriddagi uydan 2015 yil iyulda Bekon suratlari hamda tangalar va zargarlik buyumlari saqlangan seyf o‘g‘rilanib ketilganini ma'lum qilishgan.
Fevral oyida ispan izquvarlariga bir nechta suratlarning kelib chiqishini tekshirib berish iltimosi bitilgan xat olgan Britaniya kompaniyasi vakillari murojaat qilishdi. Xatga o‘g‘rilangan ishlar suratlari ilova qilingan bo‘lgan.
Politsiya bu xat sababli o‘g‘rilikka aloqadorlikda gumon qilinayotganlarni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ular orasida madridlik art-diler va uning o‘g‘li ham bo‘lgan.
Frans press ma'lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilik professionallar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, chunki ular suratlar egasining uyidagi signalizatsiya tizimini o‘chira olishgan.
Frensis Bekon (1909-1992 gg.) 20-asr ekspressionizm yo‘nalishining yorqin namoyandalaridan bo‘lib, 2013 yilda uning "Lyusen Freyd suratiga uch xomaki chizma" deb nomlangan surati Christie's auksionida o‘sha paytda rekord narx – 142 mln dollarga sotilgandi.