Jahon | 11:14 / 29.05.2016
3561
1 daqiqa o‘qiladi
Italiya Harbiy dengiz kuchlari O‘rta Yer dengizida 660 nafar muhojirning hayotini saqlab qoldi
Italiya Harbiy dengiz kuchlari kemasi va Sohilbo‘yi xizmati xodimlari Liviya shimolidan Sitsiliyaga yo‘lga chiqqan muhojirlar kemasi halokatga uchragach, 660 kishini cho‘kib ketishdan qutqarib qolgan. Bu haqda AZ agentligi mahalliy nashrlarga tayangan holda xabar tarqatdi.
RIA Novosti agentligining aniqlik kiritishicha, italiyaliklar o‘tgan hafta davomida qutqarib qolgan kishilar soni 13 ming nafarga yetdi.
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil boshidan buyon Yevropaga 195 mingga yaqin muhojir kelgan, yo‘llarda 1475 kishi bedarak yo‘qolgan.