Jamiyat | 07:19 / 29.05.2016
6153
1 daqiqa o‘qiladi

Manchester aeroportida A320 samolyoti shatakka oluvchi avtomobilni bosib yubordi

Britaniyaning Manchester shahri aeroportida parvozga shay turgan yo‘lovchi samolyoti shatakka oluvchi avtomobilni bosib yubordi. Oqibatda samolyot yo‘lovchilarini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi.

Daily Mirror’ning ma'lum qilishicha, bu voqea samolyotning Barselonaga uchishi oldidan yuz bergan. Shatakka oluvchi avtomobil samolyotning tumshuq qismi tagida qisilib qolgan. Avtomobilning kabinasi qattiq shikastlangan. Odamlar orasida jabrlanganlar yo‘q. yo‘lovchilarni aeroport o‘t o‘chirish xizmati evakuatsiya qilgan.

Voqea sabablari tergov qilinmoqda. Mutaxassislardan birining aytishicha, voqea samolyotning parvoz oldidan standart shatakka olish vaqtida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mahkamlagichning ehtiyotlovchi shtiftlari uzilib ketgan. Samolyot texnik ko‘rikka jo‘natilgan, Barselonaga esa boshqa samolyot yuborilgan. To‘qnashuv boshqa reyslarning biroz ushlanishiga olib kelgan.