OAV AQSh Rossiya va Xitoyni "bostirib turuvchi" qurol ishlab chiqarayotgani haqida ma'lum qildi
AQShda elektr-magnit relsli zambarak yaratilmoqda. Bu qurol Rossiya va Xitoyni "bostirib turish" uchun mo‘ljallangan.
Wall Street Journal nashrining yozishicha, "superzambarak"ga porox ham, portlovchi moddalar ham talab etilmaydi. Unda snaryad elektr-magnit relslar yordamida tezlashtiriladi va uning tezligi soniyasiga 1,5 km ni tashkil qilishi mumkin.
"Rossiyaning oddiy o‘q-dorilarni uzoq masofaga tashishga qodirligini inkor qilib bo‘lmaydi. Biz bunday o‘t ochishlarga qarshi turishga qodir bo‘lishimiz kerak", deb AQSh mudofaa vaziri birinchi o‘rinbosari Robert Uorkning so‘zlarini keltirib o‘tdi nashr.
Uning ta'kidlashicha, zambarak "katta bosib turuvchi ahamiyatga ega bo‘ladi". Misol uchun, qisqacha relsotron deb ataluvchi bu qurol "Boltiqbo‘yi davlatlarini Rossiyadan" yoki "AQShning ittifoqdoshlarini Janubiy Xitoy dengizida Xitoydan" himoya qilishda ishlatilishi mumkin.
Nashrning ma'lum qilishicha, relsotron loyihasi bir necha marotaba rossiyalik va xitoylik xakerlar nishonida bo‘lgan.