Sport | 20:37 / 30.05.2016
3695
2 daqiqa o‘qiladi

16 yildan beri ilk marta «Rolan Garros» doirasidagi barcha o‘yinlar yomg‘ir tufayli qoldirildi

«Rolan Garros» turnirining 30 may kuniga belgilangan barcha bahslari kuchli yomg‘ir tufayli bekor qilindi.

Turnir saytida ma'lum qilinishicha, bugun bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan chorak final uchrashuvlari 31 may kuniga ko‘chirilgan. Bu bahslar orasida  Novak Jokovich (Serbiya, 1) — Roberto Bautista-Agut (Ispaniya, 14), David Ferrer (Ispaniya, 11) — Tomash Berdix (Chexiya, 7), David Goffen (Belgiya, 12) — Ernest Gulbis (Latviya), Marsel Granolers (Ispaniya) — Dominik Tim (Avstriya, 13) to‘qnashuvlari bor edi.

Shuningdek, Rishar Gaske (Fransiya, 9) — Endi Marrey (Velikobritaniya, 2) va Albert Ramos (Ispaniya) — Stanislas Vavrinka (Shveytsariya, 3) bahslari ham 31 may kuni o‘tkaziladi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalar doirasida esa Serena Uilyams (SShA, 1) — Elina Svitolina (Ukraina, 18), Tsvetana Pironkova (Bolgariya) — Agneshka Radvanska (Polsha, 2), Vinus Uilyams (AQSh, 9) — Timya Bachinski (Shveytsariya, 8), Simona Halep (Ruminiya, 6) — Samanta Stosur (Avstraliya, 21), Kiki Bertens (Niderlandy) — Medison Kis (AQSh, 15) va Karla Suares-Navarro (Ispaniya, 12) — Yuliya Putintseva (Qozog‘iston) bahslari bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, musobaqa tarixida oxirgi marta 2000 yilning 30 mayi kunidagi o‘yinlar bekor qilingandi.

«Rolan Garros» — «Katta dubulg‘a» turkumidagi ikkinchi mavsum. Bu turnir Parij shahrida 22 may kuni boshlangan va 5 iyun kuniga qadar davom etadi.