2015 yilda Markaziy Osiyoga 1,4 milliard yevrodan ortiq pul investitsiya qilindi
2015 yili Markaziy Osiyoga 1,4 milliard yevrodan ortiq pul investitsiya qilindi, bu undan avvalgi yilga qaraganda 75 foizga ko‘p. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) rahbariga asoslanib, Qozog‘iston respublikasi bosh vaziri Karim Masimovning saytida ma'lum qilingan.
Shu bilan birga YeTTB xabariga ko‘ra, Qozog‘iston bankiga investitsiyalar o‘tgan yili 700 million yevrodan ortiqni tashkil etgan.
S. Chakrabarti Qozog‘iston haqida gapirar ekan, qozoq investitsiya modeli "Markaziy Osiyoga yondashuvimizning asosi" ekanligini bildirdi.
YeTTB prezidenti ta'kidlashicha, Qozog‘iston qonunchiligi qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ilk kuchli shamol elektrostansiyalarini investitsiya qilishga yordam berdi. Bundan tashqari, YeTTB va Qozog‘iston respublikasi hamkorligi natijasida juda keng xizmatlar spektrini investitsiya qilishga muvaffaq bo‘lindi.
"Biz ayollar tomonidan boshqariladigan korxonalarni moliyalashtirish hamda ularga biznes-konsultatsiyalar tashkillashtirish bo‘yicha dasturni ishga tushirdik. Bu YeTTBning iqtisodiyot va bozorga safarbar qilayotgan harakatlarining juda muhim qismidir. Qozog‘iston investitsiya modeli Markaziy Osiyodagi faoliyatning asosidir", deb qo‘shimcha qildi S.Chakrabarti.