Jahon | 18:27 / 30.05.2016
3487
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistondagi havo hujumi orqali 30 nafarga yaqin jangari yo‘q qilindi
30 may kuni Afg‘oniston shimolida amalga oshirilgan havo hujumi orqali kamida 29 nafar jangari o‘ldirildi. Bu haqda Hama Press agentligi mamlakat mudofaa vazirligidagi manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, havo hujumlari Bog‘lon va Qandahor viloyatlari hududida amalga oshirilgan. Qayd etilishicha, bu hujumlar orqali yana 6 nafar jangari jarohatlangan. Hujum natidasida jangarilar boshpanasi, qurol-yarog‘ va o‘q-dori saqlanadigan omborxonalar yo‘q qilingan.
Afg‘onistonda vaziyat keyingi 1 yil ichida yomonlashdi. Mamlakat shimoli-g‘arbida "Tolibon" va IShID ta'siridagi guruhlar faollashgan.