Jamiyat | 17:31 / 30.05.2016
17884
6 daqiqa o‘qiladi

Amerikada tug‘ilgan 7 nafar egizak bugun mustaqil ravishda o‘z yo‘lini topishga tayyor

Dunyoda tug‘ilgan ilk 7 egizakning har biri bugun mustaqil hayotga qadam tashlab, o‘z yo‘lini topish arafasida.

Makkogi — Kenni, Kelsi, Natali, Brendon, Aleksis, Natan va Joelga — Ayova shtatidagi eski Karlayl o‘rta maktabi shahodatnomasi topshirildi. 
Egizaklar tug‘ilishi arafasida juda katta qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ular 1997 yilning noyabrida me'yoriy davr bo‘lmish to‘qqiz oy to‘lishiga to‘qqiz hafta qolganda dunyoga kelgan. Ularning og‘irligi  900 grammdan 1800 grammgacha bo‘lgan. 

Shifokorlar chaqaloqlarning yashab ketishidan umid uzgandi. 

Bobbi Makkogining onasi organizmida ovulyatsiya jarayoni yuzaga kelishi uchun yetarli garmonlarni yetishtirib bera olmagani natijasiga gipofizaning buzilishi sodir bo‘lgan. 

Unga bepushtlikka qarshi kurashish maqsadida “Metrodin” preperati bilan emlash  natija bergan. Ammo Bobbi va uning turmush o‘rtog‘i Kenni 7 nafar egizak farzandli bo‘lishlarini bilgach, ushbu samarali vositadan voz kechishdi.

Suratda egizaklar onasi va katta opasi Mikayloy bilan. 

Ushbu oilaga davlat tomonidan saxovat tarzida bolalar maydonchasidan iborat  511 kvadrat metrli uy, yuk mashinasi, bir yilga yetadigan oziq-ovqat va ikki yilga yetadigan tagliklar topshirilgan.

7 egizak Makkogi — Kenni, Kelsi, Natali, Brendon, Aleksis, Natan va Joel maktabni birgalikda tamomlashdi. 

Ayrim egizaklar xayr-ehson tariqasida Missuriyadagi Xennibal La Granj universitetida o‘qitilishi rejalashtirilgan. Boshqalari harbiy xizmatni o‘tashga kirishdi. Ayrimlari esa to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga joylashib qo‘ya qolishga ahd qildi. 

Egizaklar orasida Nataliya bir oz nuqsonli tug‘ildi. 

Miya falajligi bilan og‘rigan Aleksisning aqliy jihati o‘z sinfidagi bolalarga qaraganda 15 foizga  yaxshiroq ekanligi aniqlanib, opasi Natali bilan birgalikda jamiyat sharafiga aylanib bormoqda. 

Natali kichik bolalar sinfiga o‘qituvchi bo‘lishni istaydi.

1997 yilda tug‘ilgan egizaklar ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan  yoritilib, ularning ota-onasi muhokama manbaiga aylanishdi.

Ayrimlar egizaklarning ota-onasini eksplutatsiya maqsadida ularni dunyoga keltirgan, degan fikrga kelsa, ko‘pchilik esa ularni qo‘llab-quvvatladi.
 
Brendon tug‘ilganidan so‘ng. 

AQSh prezidenti Bill Klinton tabriklash uchun  shaxsan o‘zi ushbu oilaga qo‘ng‘iroq qildi. 

Bir ozdan so‘ng Makkogi Opra Uinfri tok-shousida ko‘rinib, uning oilasi  Disneylend va  Mayorkada dam olish uchun tekin yo‘llanma va hanuzgacha o‘zlari yashab kelayotgan uyga ega bo‘ldi.

Brendon uch yoshligida o‘zi orzu qilganidek, harbiy xizmatga borishga ahd qilgan. Iyun oyida uning aka-ukalari va opa-singlisi uni harbiy xizmatga kuzatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Matbuotda ko‘tarilgan shov-shuvlar tingach, Kenni hayotda ko‘p mehnat qilish, ishlash kerakligini o‘rgatish maqsadida o‘zi ishlab turgan metall qoplamalari ishlab chiqarish zavodidagi ishiga bolalarini ham jalb qildi.

Egizaklar orasida Kelsi juda ham kichikna bo‘lib, tug‘ilganida uning og‘irligi bor yo‘g‘i 1 kg ni tashkil etgan.

“Men har doim bolalarning men qilayotgan ishga qarab, hayotda yaxshi yashash uchun ishlash kerakligi haqida o‘ylashlariga intildim. Ularga doim achchiq haqiqatni, hech qachon oddiy oylik maosh bilan biz yashayotgan uyni sotib ololmasligimni, o‘zi istagan biror narsaga erishmoqchi bo‘lsa, buning uchun ishlash kerakligini uqdirib keldim”, deydi u intervyularning birida. 

Kelsi maktab horida kuylab, kelajakda musiqa sohasini mukammal o‘rganishda davom  etishni istaydi. 

Natali har kungi mashg‘ulotlardan so‘ng o‘zi mustaqil ravishda yura boshladi. “Men yurishni o‘rgandim, chunki buni o‘zim astoydil istadim. Har kungi mashg‘ulotlardan so‘ng natijasi kundan kunga yaxshilana bordi”, deydi u.

Kichik Kenni tug‘ilganidan so‘ng.

Aleksis hamon yurish uchun foydalaniladigan maxsus qurilmadan foydalanayotgan bo‘lsada, o‘z maktabidagi bemor bollarga kapitanlik qiladi. 

Kenni kelajakda universitetda qurilish sohasida o‘qib, ishlashni istaydi. 

Shunday qilib, 7 egizakning har biri bugungi kunda o‘z yo‘lini tanlashga tayyor.

Miya falaji bilan tug‘ilgan Aleksis kelajakda o‘qituvchi bo‘lishni istaydi.

Miya falaji bilan tug‘ilgan Natali esa kelajakda o‘zini fanga bag‘ishlamoqchi. 

Eng oxirgi bo‘lib tug‘ilgan Joel kollejda informatika sohasida bilim egallamoqchi. 

Suratda bir necha egizaklar va yosh Jorj Bush.

Kenni va Bobbi.

Makkogilar oilasi va Bush.

Egizaklarning katta opasi (o‘rtada) o‘z opa singillarini kelindugona etib tayinladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish