12:17 / 30.05.2016
2679

Bag‘dod shimolida portlash yuz berishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahri shimolida, shialar istiqomat qiluvchi tumanda avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga kelishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lib, 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.

Iroqda IShID tufayli beqaror vaziyat hukm surmoqda. O‘tgan 3 yil davomida bu tashkilot jangarilari Iroq va Suriya hududining katta qismini o‘z tasarrufiga olgan. Bu tashkilotga qarshi 2014 yilning yozidan boshlab AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari ko‘magidagi Iroq armiyasi, Eron, Saudiya Arabistoni va Rossiya ko‘magidagi Suriya armiyasi hamda kurd bo‘linmalari kurash olib bormoqda.

Top