Bir yil ichida «Google Foto»ga 24 milliarddan ortiq selfi joylangan
Google kompaniyasi «Google Foto» xizmati faoliyatining birinchi yillik hisobotini chop etdi. Bu haqida korporatsiyaning rasmiy blogida xabar berilgan.
Bulutli xizmatning bir yillik faoliyati davomida uning foydalanuvchilari soni 200 milliondan ortib ketdi, birinchi 100 million nafari xizmat ishga tushishi bilan paydo bo‘lgan. Fotosuratlarning ichki tahriri yordamida 1,6 milliard animatsiya, kollaj va roliklar yaratilgan. Xabar qilinishicha, xizmat tufayli foydalanuvchilar qurilmalaridagi 13,7 petabayt hajmli ma'lumotlarni bo‘shatishga muvaffaq bo‘lishgan. Google hisobiga ko‘ra, barcha yuklangan suratlarni ko‘rib chiqish uchun 424 yil vaqt kerak bo‘ladi.
Xizmat obektlarni o‘zi aniqlay olishi va ularga teglar belgilay olishi mumkin. Shunday qilib, dastur mustaqil tarzda 24 milliard selfidan iborat turli fotosuratlarga 2 trilliondan ortiq teglarni belgilagan.
Google kompaniyasining «Foto» xizmati 2015 yilning may oyida ishga tushgan bo‘lib, “bulut” cheksiz miqdordagi suratlarni saqlay olish imkoniga ega. U 2015 yilning 1 avgustida yakunlangan Google+ Photos o‘rniga ishga tushgan.