Jamiyat | 20:20 / 30.05.2016
7931
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik sayyoh 24 soat ichida 12 mamlakatni aylanib chiqib, dunyo rekordini yangiladi

Angliyaning Yorkshir tumanidan Adam Leyton bir sutka davomida ko‘p mamlakatga borish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U 25 may kuni soat 7 da o‘z sayohatini boshladi. Bir sutka mobaynida Germaniya, Lyuksemburg, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya va Avstraniyani aylanib chiqdi.

Sayyoh mana shu vaqt mobaynida faqat ikki soatgina uxlashga muyassar bo‘ldi. U hisob bo‘yicha o‘n ikkinchi mamlakatga borish uchun piyoda yurishiga to‘g‘ri keldi.

39 yoshli uch bolaning otasi bundan oldin ham g‘aroyib sayohatlari bilan tarixga kirgan edi. U 2015 yilning fevral oyida avtomobilda AQShdagi shtatlarni imkon qadar ko‘p bosib o‘tishga harakat qilgan edi.

Bir sutka mobaynida eng ko‘p mamlakat bosib o‘tishning bundan oldingi rekordi 1993 yilda amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda 11 ta mamlakat bosib o‘tilgan edi.