Jahon | 17:12 / 30.05.2016
4528
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyada tug‘ilishni nazorat qilishga qarshi chiqdi

Musulmon oilasi, oilani rejalashtirish va tug‘ilishni nazorat qilish bilan shug‘ullanmasligi kerak, deb bayonot bergan Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdo‘g‘an.

"Biz aholimiz sonini ko‘paytiramiz. Biron bir musulmon oilasi tug‘ilishni nazorat qilish va oilani rejalashtirish ustida o‘ylay olmaydi. Bu yerda, asosiy mas'uliyat onalar zimmasidadir", — degan Erdo‘g‘an Yoshlar va ta'lim jamg‘armasi vakillari oldidagi chiqishida. Uchrashuvni NTV telekanali jonli ravishda efirga uzatgan.

Bundan avval, Erdo‘g‘an kontratseptivlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik xususida so‘z yuritib, uni "vatanga xiyonat" sifatida baholagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish