Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:20 / 30.05.2016
3934
1 daqiqa o‘qiladi
Fuqarolar ko‘chmas mulk taqiqda ekani haqida onlayn bilishlari mumkin bo‘ladi
Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘chmas mulk obektlarida xatlov yoki taqiq mavjudligi haqida ma'lumot taqdim etish xizmatini ko‘rsatishni boshladi.
Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar elektron ariza yuborishlari va 3 ish kuni davomida xatlov yoki taqiq mavjudligi to‘g‘risida bepul ma'lumot olishlari mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun ko‘chmas mulk obektining kadastr raqamini bilish kerak bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish