00:32 / 30.05.2016
11067

Gitlerning shifrlovchi mashinasi 10 funt sterlingga sotib olindi

Angliyada Bletchli-park volontyorlari eBay saytida Adolf Gitlerning shifrlovchi mashinasini sotib olishdi, deb yozmoqda The Guardian.

Bakingemshir grafligining Bletchli-parkidagi hisoblash texnikasi milliy muzeyi volontyorlari eBay internet-auksioni orqali "Lorents" shifrlovchi qurilmasining klaviaturasini sotib olishdi. Noyob qurilmalarni qidirish jarayonida volontyorlardan biri telegrammalarni uzatish asbobi sifatida sotuvga qo‘yilgan bu qurilmaga e'tibor qaratgan.

Lotning dastlabki narxi 9,5 funt sterlingni tashkil qilgan. Xaridorlar uni 10 funt sterlingga sotib olishdi va sotuvchiga qaytimni o‘ziga qoldirishi mumkinligini aytishdi.

Muzey vasiylik kengashi raisi Endi Klarkning aytishicha, "Lorents" shifrlovchi mashinasi "Enigma" qurilmasidan murakkabroq va kattaroqdir. Klark shifrlovchi mashinasi strategik aloqa uchun ishlatilgan.

May oyi boshida Adolf Gitlerning tizzasida turgan haykali Nyu-Yorkdagi auksionda 17,2 mln dollarga sotilgani ma'lum qilingandi.

Top