O‘zbekiston | 16:08 / 30.05.2016
13317
2 daqiqa o‘qiladi

Xalq banki “PayMe” to‘lov tizimiga ulanganligini ma'lum qildi

Siz qo‘l telefoningiz (internet) orqali “PayMe” to‘lov tizimining quyidagi xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin:

— Plastik kartochkangizdagi mablag‘ni boshqa bir plastik kartochkaga (internet) orqali o‘tkazish;
— Yo‘qolgan plastik kartochkangizni masofadan turib blokka qo‘yish;
— Plastik kartochka hisob varag‘ingizdan amalga oshirilgan barcha harajatlar hisobini yuritish va nazorat qilish;
— Tovar va xizmatlar uchun savdo do‘konida (xizmat ko‘rsatish shaxobchasida) to‘lovlarni qo‘l telefoni orqali amalga oshirish;
— Internet va mobil xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish.

Ushbu tizimdan foydalanish uchun qo‘l telefoningizga “PayMe” mobil ilovasini “GooglePlay” yoki “AppStore”dan yuklab olishingiz kerak bo‘ladi.

Xalq banki tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar:

Xalq banki tomonidan 2016 yil, 1 may holatiga ko‘ra jami emissiya qilingan plastik kartochkalar soni 3 203 000 donani tashkil etadi.

Shuningdek, yuridik shaxslarning korporativ kartochkalari soni 3 528 donani tashkil etgan bo‘lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlik (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan) sub'yektlarga 7 052 dona korporativ kartochkalar muomalaga chiqarildi.

Plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun joylarda 27 798 ta terminal, jumladan, bank muassasalarida kommunal va boshqa to‘lovlarni naqd pulsiz ravishda amalga oshirish uchun 1 954 ta, chakana savdo va maishiy xizmat sub'yektlari hamda umumiy ovqatlanish korxonalarida 25 844 ta terminallar o‘rnatildi.

Bundan tashqari, bank filiallarida 74 dona infokiosk va 21 dona bankomat mijozlarga samarali bank xizmati ko‘rsatib kelmoqda.

Reklama huquqi asosida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish